Содержание
Охирини ўйлаган қаҳрамон бўлмас.
Menyu
Грижа (грыжа) жуда айёр, пасткаш касаллик.
Лекин давоси бор, ўзимдан биламан.
Қисқа қилиб этадиган бўлсам:
- операция қилдиришдан олдин, машқлар ва овқатланиш орқали даволашга ҳаракат қилинг;
- укол қилдирманг , агар приступ бўлса, белни торттирасиз, фақат аппаратда эмас, доктор-неврапатолог ўзи эгилиб торттиради,
http://free-press.ru/…/stories/statyi/zdorovie/ris766.JPG; - бошланишига турникда ҳам тортилманг , зиён;
- энг асосийни ҳаракат кўпайтириш — велик, яёв юриш, аста югуриш, сузиш, кураш, бокс;
- овқатга эътибор берасиз: совуқлик нарсалар оғриқни уйғотади: ҳамир овқат, шакар, мол гўшти, кўп сабзавотлар, кола ва ҳоказо; иссиқлик нарса еб юрасиз: қази, қўй гўшти, ер ёнғоқ…;
- озишга ҳаракат қилинг, белдаги мушакларни мустаҳкамланг (яна ўша велик, йога, камасутра, бокс ва бошқалар);
- қаттиқ жойда ётинг, юпқароқ кўрпачада, кроватда эмас.
Алоқага чиқсангиз, яхши мутахассис ҳам бор.
Шуғулланиб юрсангиз, оғирам кўтара оласиз, югура оласиз ҳам, оғримайди ҳам, тузалиб ҳам кетасиз, муҳими, хирурглардан узоқроқ бўлинг.
Бу ерда даволаниш билан соғлом бўлишнинг фарқига бориш лозим. Докторлар, белни торттиришлар, оғриқ қолдирувчи дорилар, лозим бўлганда, — булар фақат вақтинчалик ёрдам беради. Мақсад эса соғлом бўлиш. Бел бир кунда грижа орттирмайди, бу нотўғри ҳаёт тарзидан келиб чиқади. Фикрлашни, яшаш тарзини ўзгартириш керак бўлади. Бу ҳаётда мўжиза камдан-кам содир бўлади. Ишимиздан, оиламиздан, ҳаётимиздан қониқмаслик, орттирилган стресс барибир танада ўзини аксини кўрсатади.
Лекин унинг борлиги соғлиғингизга эътиборсизлигингизни билдиради. Грижанинг пайдо бўлишининг асосий сабаби ҳаракатсизликдир. умуртқа поғоналари бир бири билан пайлар ёрдамида бириккан бўлади. у ерда қон томирлари бўлмаганлиги сабабли орқа мияга кислород ва озуқа диффузия йўли билан, яъни моддаларнинг тўқималарда тарқалиши орқали етиб боради. бунда умуртқаларнинг кенгайиб торайиши жуда муҳим. агар узоқ вақт кам ҳаракатлик рўй берган бўлса, орқа мия (илик) учун озуқа моддаларининг етишмаслиги вужудга келади ва илик бўш жойларга (умуртқа поғоналари орасига) кириб боради.
Натижада грижа (умуртқа чурраси) пайдо бўлади. бунда озгина ҳаракат ҳам орқа миянинг умуртқа поғоналари орасида исиқилиб қолишига сабаб бўлади ва кучли оғриқ пайдо бўлади. агар сизни оғриқ безовта қилаётган бўлса, врачга учрашиш керак бўлади. у берган дорилар модда алмашишини тезлаштиради ва оғриқ бир ҳафтада қолади. лекин оғриқнинг йўқлиги грижа йўқ бўлиб кетганини билдирмайди. уни даволаш учун узоқ вақт шифо гимнастикаси билан шуғулланиш керак бўлади. шифо гимнастикаси грижа умуртқанинг қайси қисмидалигига қараб турлича бўлади.
Агар грижа умуртқанинг бўйин қисмида бўлса, бошни айлантириш машқлари, кўкрак қисмида бўлса, қўлнинг елка қисми учун ва белни айлантириш машқлари, бел қисмида бўлса, энгашиш машқлари ва ётган ҳолда торс суягини айланнтириш машқларини бажариш керак бўлади. бу машқларнинг ҳаммасини ҳар куни бажариш грижанинг олдини олиш учун жуда муҳим. агар вазнингиз оғир бўлмаса, ҳар куни эрталаб арқонча билан бир неча юз марта сакраш жуда фойдали.
Лекин бу машқни вазни оғирлар бажармагани маъқул. чунки бунда умуртқага ва оёқ суякларига катта нагрузка тушади. бундан ташқари сузишга қатнаш ҳам грижани даволаш ва олдини олишда жуда муҳим. умуман олганда, грижани ўз билганча даволаб бўлмайди, лекин ўзингизнинг грижа ҳақидаги билимларингизни оширмоқчи бўлсангиз, у ҳақидаги махсус адабиётларга мурожаат қилиш керак.
Shifokorlarning og‘ir ko‘tarmaslik, organizmni haddan ziyod zo‘riqtirmaslik yoki keskin va qaltis jismoniy harakatlar qilmaslik kabi maslahatlariga hammamiz ham amal qilavermaymiz. Sog‘lig‘imizga bee’tiborligimiz oqibatida esa jiddiy muammolarga duch kelishimiz ehtimoli oshadi. Umurtqa pog‘onasi churrasining vujudga kelishi ham ana shunday muammolardan biri.
Disk churralari yoki disk siqilishlari deb ham ataladi, og‘riqli va insonni zaiflashtiruvchi kasalliklardandir. Uning kelib chiqishi a’zolarning kam harakatligiga va noziklashuviga sabab bo‘ladi, ba’zi hollarda u og‘riqsiz kechadi, chunki disk hech qanday nerv tolasini siqib qo‘ymasligi ham mumkin
Simptomlar asta sekinlik bilan vaqtlar o‘tib kamayishi mumkin, ammo belgilar kuchayishi davom etsa operativ aralashuv zarur bo‘lishi mumkin.
Ushbu maqolamizda biz sizga disk churralarining nima ekanligi, diagnozi, davosi va profilaktikasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Qisqacha faktlar
- Disk churrasi umurtqa pog‘onasiga ta’sir etadi;
- Har qanday og‘riq 4-6 hafta ichida o‘tib ketishi mumkin;
- Disk churralari asorat berishi yoki bermasligi mumkin;
- Davo choralari konservativ, jismoniy mashqlar, ultratovush terapiyasi va operativ davo.
Disk churrasi sabablari
Inson umurtqa pog‘onasi 26 ta suyaklardan tashkil topgan (bo‘yin umurtqalari hisoblanmaganda). Har bir umurtqa suyaklari orasida elastik “yostiqlar” bo‘ladi, ular disk deb ataladi. Bu disklar umurtqa pog‘onasini biriktirib turadi va amartizator vazifasini bajaradi.
Disklar yumshoq boylamlar bilan o‘ralgan. Disk churralarida yumshoq qoplama disk orasida yoriq ichiga kirib qoladi yoki undan tashqariga chiqib qoladi. Ko‘p hollarda bu jarayon bel umurtqalarida kuzatiladi.
Nerv tolalarining o‘sha joyda siqilib qolishi hisobiga tananing ma’lum bir sohalarida va umurtqaning o‘zida og‘riq seziladi. Yosh o‘tgan sari disklar o‘zining elastiklik xususiyatini yo‘qota boshlaydi (disk tolalari saqlaydigan suyuqlik kamayadi), bu esa umurtqalarning egiluvchanligi kamayishiga va disklarda yorilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu har doim ham diskda churralar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lavermaydi, inson og‘ir yukni tizzalarini bukmay birdan ko‘targanda ham yuzaga kelishi mumkin.
Disk churralari har qanday yoshda uchraydi. Ammo 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida boshqa yoshlilarga nisbatan ko‘proq kuzatiladi.
Ehtimoliy sabab faktorlari:
- Og‘irlik: tana vaznining ortiqchaligi disklarga og‘irlik beradi.
- Genetik: disk churralariga moyillik genetik bo‘lishi mumkin.
- Kasbga bog‘likligi: og‘ir yuk ko‘tarish, itarish va tortish talab qilinadigan kasblarda ishlovchi shaxslarda kasallik ko‘proq kuzatiladi.
Umurtqalararo disk churrasiga quyidagilar sabab bo‘lishi ham mumkin:
- qorin ichki bosimining oshishi;
- og‘ir jismoniy mehnat;
- tana vazniga nisbatan og‘ir yuk ko‘tarish;
- peshob ajralishining qiyinlashuvi;
- qabziyat;
- ayollarda tug‘ruq vaqt >Disk churrasi alomatlari
Ba’zi hollarda kasallik simptomlarsiz kechadi. Kasallikning belgilarga quyidagilar kiradi:
-
Sezuvchanlik kamayishi. Nerv tolalarining siqilishi natijas >Umurtqalararo disk churrasi (grija) xavflimi?
Nerv tolalari siqilishi va mushaklarning zaiflashuvi hisobiga ba’zi hollarda “ot beli” (horses tail) simptomi ham kuzatiladi, bunda bel sohasi oldinga egilib qoladi. Bundan tashqari nerv tolalarining siqilishi kuchsizlik, shollik, ichaklarning hazm qilishi sustayishi va peristaltikasi buzilishiga va jinsiy zaiflikka olib kelishi mumkin. Bunday hollarda faqatgina operativ davo yordam beradi.
Umurtqa grijasini tekshirish
Faqat shifokorgina tegishli maxsus tekhiruv usullari yordamida disk churralarini aniqlay oladi. Ular bu jarayonda quyidagi omillarni tekshirishadi:
- Reflekslarni tekshirish;
- Orqa sohadagi sezuvchanlikni aniqlash;
- Muskullarning kuchini tekshirish;
- Harakatlanish chegarasini ko‘rib;
- Qo‘llarning ushlab ko‘rish kuchini tekshirib;
- Rentgenografiya boshqa simptomlar bilan kelsa, ularni istisno qilishda yordam beradi;
- MRT yoki KT disk churrasining joyini va ezilgan nerv tolasini aniq ko‘rsatadi;
- Diskogramma (diskografiya) disk orasiga kontrast modda yuborib, disk yoriqlarini ko‘rish mumkin.
Umurtqa grijasini davolash
Churraning paydo bo‘lgan muddati juda katta ahamiyat kasb etadi. Uch oygacha bo‘lgani yengil, uch oydan olti oygacha bo‘lgan churra esa surunkali hisoblanadi. Bundan tashqari, churraning hajmiga ham e’tibor qaratiladi. Agar u 9 millimetrdan kichik bo‘lsa, jarrohlik aralashuvisiz davolash mumkin.
Bu xastalik aslo qo‘rqinchli va bedavo emas, umurtqalararo diks churrasi hali «yangi» bo‘lsa, osongina davolanadi. Agar jarrohlik aralashuvi tayinlansa ham qo‘rqmaslik kerak. Vaqtida o‘tkazilmagan 15 daqiqalik jarrohlik amaliyoti keyinchalik, kasallikning zo‘rayib borishi natijasida 2 soatlik og‘ir amaliyotga aylanishi mumkin.
Chunki churra teshigida qisilib qolgan a’zolarning qon bilan ta’minlanishi buzilib, asab tolalari ezilishi tufayli a’zolar hayotiyligi so‘nib, yiringlay boshlaydi, bemor bunda kuchli og‘riq his etadi. Churra xurujida og‘riq davomiy bo‘lib, bemor shok holatiga tushib qoladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyotigina bemor hayotini saqlab qoladi.
Disk churralari og‘riqli bo‘lishiga qaramay, to‘g‘ri davo undan butunlay qutulishga imkon beradi. Churradan 4 hafta ichida qutulsa bo‘ladi. Belgilar churra paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi jismoniy mehnatni to‘xtatganda, og‘riqqa qarshi to‘g‘ri davo qo‘llanganda yo‘qoladi. Davo tadbirlari dori preparatlari, mashqlar va operativ yo‘l bilan olib boriladi.
Dori preparatlari bilan davolash
- Dori preparatlari: retseptsiz beriladigan nostero >Disk churrasini mashqlar bilan davolash
Jismoniy maxsus mashqlar disk churralari keltirib chiqargan og‘riqni kamaytirishga yordam berishning eng qulay va samarali usulidir.
- Ultrato‘lqinli terapiya (UVCH) ultra chastotali to‘lqinlar qon aylanishini yaxshilaydi va yallig‘lanish jarayonini to‘xtatadi;
- Belga tushadigan og‘irlikni kamaytirish maqsad >
Operatsiya yo‘li bilan davolash
Agar simptomlar davo choralari ko‘rilganda ham yo‘qolmasa, sezgining susayishi davom etaversa, jinsiy zaiflik kuchaysa, ichaklarda hazm susayishi davom etsa, son orqasida og‘riqlar kuchaysa, operativ usul qo‘llaniladi.
Oprativ usul jarohatlangan diskning qismini almashtirishga asoslangan. Operatsiya laproskopik usulda olib boriladi, qorin oldi devoridan kichik teshik ochilib laproskop kiritilib, orqa bo‘shliqqa kiriladi, orqa umurtqa nervlarini surib turib disk olib tashlanib o‘rniga sun’iy elastik disk joylashtiriladi. U amortizatorlik vazifasini bajaradi. Disk metal, biopolymer yoki boshqa moddadan tuzilgan. (Zamonaviy usul. BJSST bo‘yicha)
Foydali maslahatlar
- Zax va yelvizakli joylarda turmaslikka harakat qiling;
- Tana vazningizni nazorat qiling, semirmang;
- Bel va qorin mushaklarini mustahkamlaydigan gimnastika (masalan, suzish) bilan shug‘ullaning;
- O‘tirgan holda ishlasangiz, har soatda 10 daqiqa turib yuring;
- Yurganda, o‘tirganda ham qaddingizni to‘g‘ri tuting;
- Qattiq matras ustida uxlashga odatlaning;
- Yotgan holda kitob o‘qimaslik va televizor ko‘rmaslikka harakat qiling;
- Og‘ir ko‘tarmang, keskin harakatlardan tiyiling.
- Vibromassaj mumkin emas, chunki uning kuchi juda yuqori.
- Churra bor joyni qattiq ishqalamaslik lozim. Asab tolalarini siqib qo‘yish xavfi bor.
- Vertikal holatda turib, turli mashqlar bajarish ham zararli. Mushaklarni zo‘riqtirish mumkin.
- O‘z bilganingizcha massaj qilmang!
- Har doim og‘riq qoldiruvchi maz surtib ishqalash ham mumkin emas!
Kasallik uch bosqichda kechadi, maslahatimiz kasallik belgilari kuzatilishi bilan shifokorga murojaat eting :
- Xastalikning birinchi bosqichida churra o‘lchami 2-3 mm. bo‘ladi. Umurtqa bo‘ylab qattiq og‘riq beradi.
- Ikkinchi bosqichida bu xastalik doimiy og‘riq bilan xarakterlanadi. O‘lchami 8-15 mm. bo‘ladi.
- Uchinchi bosqichda og‘riq o‘ta kuchli bo‘lib, asab tizimiga ham ta’sir etadi. Bemorni yura olmaslik darajasiga keltiradi.
Maqola 06.04.2018 sanasida yangilandi.
Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!